Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon birjalarida neftning narxi oshmoqda

Jahon birjalarida neftning narxi oshmoqda

Foto: «EADaily»

Londondagi ICE birjasida Brent markali neftning narxi 2022-yilning apreli uchun fyucherslarda 8,64 foizga o‘sib, bir barreli uchun 105,21 dollarni tashkil qildi.

Ushbu narx Toshkent vaqti bilan bugun soat 15:30 da qayd etildi.

Brent markali neftning narxi so‘nggi marotaba 2014-yilning avgustida 105 dollardan qimmatlashgan edi.

Hozirda Brentning barreli 101,43 dollardan (+7,85 foiz) sotilmoqda.

O‘z navbatida, WTI markali neftning narxi aprel oyi uchun fyucherslari 7,87 foizga qimmatlab, barreli uchun 99,35 dollarni tashkil etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring