Jahon banki Turkiya iqtisodiyotiga zilzila yetkazgan zararni hisobladi
Turkiya iqtisodiyoti 6-fevralda yuz bergan zilzila oqibatida $34,2 mlrd zarar ko‘rdi — buni hisoblab chiqqan Jahon banki takrorlanayotgan zilzilalar raqamni yanada kattalashtirishi mumkinligini ham qo‘shimcha qildi.
«6 fevraldagi ikkita kuchli zilzila Turkiya iqtisodiyotiga bevosita $34,2 mlrd jismoniy zarar yetkazdi, bu mamlakatning 2021-yildagi yalpi ichki mahsulotining 4 foiziga teng qiymat», — deyiladi Jahon banki hisobotida.
Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish va qayta tiklash ishlari Turkiyaga yanada qimmatroqqa tushishi kutilyapti. Tiklash ishlariga, yetgan zararga nisbatan, ikki baravar ko‘p mablag‘ sarflanishi mumkin, qolaversa, iqtisodiyot izdan chiqishi oqibatida YaIMdagi yo‘qotish ham zilzila hisobiga yoziladi, deb izohladi tashkilot.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter