Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ivanka Tramp Jahon banki rahbari bo‘lmaydi? Dittoning izohi

Ivanka Tramp Jahon banki rahbari bo‘lmaydi? Dittoning izohi

Foto: EPA/UPG

AQSh prezidentining qizi va maslahatchisi Ivanka Tramp Jahon banki prezidenti bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Ammo Oq uy vakili Jessika Ditto bu xabarlarni inkor etdi. Bu haqda «Politico» nashri yozmoqda.

«Uning (Ivanka Tramp) nomzod sifatida ko‘rsatilishi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi», — dedi Ditto.

Ditto voqeaga oydinlik kiritishicha, moliya vaziri Stiven Mnuchin Jahon banki rahbariyati bilan yaqin hamkorlik qilib kelayotgan Ivanka Trampdan nomzodlarni ilgari surish jarayonida ko‘mak so‘ragan, xolos. Ivanka Trampning nomzodi bank prezidentligiga ko‘rilmayapti.

Ivanka Tramp Jahon bankini boshqarishi mumkinligi haqida hammadan avval «Financial Times» o‘z manbalariga asoslanib yozgandi.

Eslatib o‘tamiz, Jahon banki prezidenti Jim Yon Kim 1 fevraldan iste’foga chiqib ketishini ma’lum qilgandi. Holbuki  u 2022-yilgacha tashkilotni boshqarishi lozim edi. Biroq bankir o‘z xususiy biznesi bilan shug‘ullanishni afzal bildi.

Darvoqe, hech o‘ylab ko‘rganmisiz, nega Jahon bankiga faqat AQSh fuqarolari prezident bo‘ladi. Chunki bankning eng ko‘p aksiyalari AQSh qo‘lida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring