Istanbuldagi yong‘inda 15 kishi halok bo‘ldi
Istanbuldagi turar-joy binosida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda OAV mahalliy hukumatga asoslanib xabar bermoqda.
«Gayrettepe tumanida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni 15 kishini tashkil etdi, sakkiz kishi jarohat oldi, ulardan yetti nafari og‘ir ahvolda», — dedi Istanbul gubernatori Davut Gul.
Gulning so‘zlariga ko‘ra, yong‘in Beshiktoshning markaziy Istanbul tumaniga kiruvchi Gayrettepe hududidagi 16 qavatli binoning yerto‘lasida qurilish ishlari olib borilayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Rasmiylar tergov olib bormoqda, deya qo‘shimcha qildi u.
Voqea joyiga yetib kelgan Istanbul hokimi Ekrem Imomo‘g‘lu yerto‘lada tungi klub borligini aytdi.
«Yong‘in nazorat ostida. Umid qilamizki, yangi qurbonlar bo‘lmaydi», — dedi Imomo‘g‘lu. Mer halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter