Istanbuldagi mehmonxona derazasidan tushib ketib, halok bo‘lgan sayyoh futbolchi bo‘lib chiqdi
Istanbuldagi mehmonxonaning yettinchi qavatidan tushib ketib halok bo‘lgan britaniyalik sayyoh shotlandiyalik futbolchi Entoni Makdouell ekanligi aniqlandi. Bu haqda «Metro» xabar bergan.
28 yoshli sportchi do‘sti bilan birga Turkiyada hordiq chiqarayotgan bo‘lishgan. U 15-sentyabr kuni Istanbulga yetib kelgan. Keyingi kuni Makdouell derazadan tushib ketgan va voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.
Makdouellning sobiq «Sautsayd Yunayted» jamoasi sportchining o‘limiga munosabat bildirdi.
«Entoni jamoada muhim rol o‘ynagan. U ajoyib o‘yinchi va, eng muhimi, yaxshi inson edi», — deyiladi klub bayonotida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter