Istanbuldagi kuchli yomg‘irlarda jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q – Bosh konsulxona
Joriy yilning 5-sentyabr kuni Istanbul shahrining ayrim tumanlarida (Bashakshehir, Arnavutkoy, Kuchukchekmeje) kuchli yomg‘ir yog‘ishi hodisasi kuzatildi. Tabiat hodisasi natijasida, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra 4 nafar shaxs vafot etgan va bir nechta kishi jarohat olgan.
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Istanbul viloyat hokimligi va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borgan o‘rganishlari natijasida vafot etganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligini bildirdi.
«Jabrlanganlar orasida vatandoshlarimiz borligi haqida diplomatik vakolatxonaga ma’lumot kelib tushmaganligini ma’lum qilamiz», – deyiladi rasmiy xabarda.
Istanbul meri Ekrem Imomo‘g‘lining aytishicha, ayrim hududlarda bir kvadrat metr hududga 150 kg yomg‘ir yoqqan.
Kuchli jala oqibatida Istanbul metrosining bir bekati ishi to‘xtatildi. Istanbul aeroporti matbuot xizmati jala oqibatida ayrim reyslar uchmay qolganini bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter