Istanbuldagi fojia qurbonlari soni ortdi. O‘zbekiston TIV bayonoti
Joriy yilning 2-aprel kuni soat 13:00 da Istanbul viloyati Shishli tumanidagi 16 qavatli turar-joy binosida yuz bergan yong‘inda qurbon bo‘lganlar soni 29 kishiga yetdi.
Avval 15 kishi qurbon bo‘lgani xabar qilingandi.
Yong‘in binoning birinchi qavatida joylashgan tungi klubda sodir bo‘lgan, klub vaqtincha faoliyat yuritmayotgan bo‘lib, ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi ma’lum qilindi.
Holat yuzasidan mahalliy prokuratura tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, hozirgi vaqtda 5 kishi ushlangan.
«Halok bo‘lganlarning barchasi tungi klubni ta’mirlayotgan ishchilar bo‘lgan. Ularning shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Jabrlanganlar va ushlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari aniqlanmagan», deya ma’lum qildi O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter