Istanbulda dahshatli zilzila bo‘lishi kutilmoqda
Turkiya hukumati Istanbulni seysmologlar ogohlantirgan yangi ehtimoliy zilzila uchun tayyorlashni boshlashni rejalashtirmoqda.
TURKNWS axborot kanali ma’lumotlariga ko‘ra, Istanbul seysmik xavf bo‘yicha dunyoning eng xavfli shaharlari o‘ntaligiga kirdi. Bu haqda Turkiya Ekologiya va shaharsozlik vaziri Mehmet O‘jaseki ma’lum qildi va rasmiylar Istanbulni ushbu tabiiy ofatga tayyorlashni boshlashni rejalashtirayotganini aytdi.
Shuningdek, Turkiyaning eng yirik shahridagi 5 million 800 ming xususiy binolarning 1,5 millioni xavf ostida, 600 mingtasi esa yuqori xavf ostida ekanligini qayd etdi.
Agar Istanbulda seysmologlar taxmin qilgan zilzila sodir bo‘lsa, 90 mingga yaqin uy darhol qulashi, 260 ming bino vayron bo‘lib, yashash uchun yaroqsiz bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, shaharning 4,5 million aholisi vaqtinchalik uy-joyga muhtoj bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, seysmolog Naci Go‘yurur Istanbul joylashgan Marmar dengizi hududida 7,2-7,6 magnitudali silkinishlar bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.
Avval xabar qilinganidek, Turkiya janubi-sharqida 6 fevral kuni sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari soni 50,5 ming kishiga yetdi. Zilzilalardan so‘ng rasmiylar Istanbulda kamida 1,5 million uyni ko‘chirish zarurligini e’lon qildi. Buning uchun har biri 500 ming kishiga mo‘ljallangan bir nechta yo‘ldosh shaharlarni yaratishga qaror qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter