Istanbulda samolyot qo‘nish vaqtida bo‘linib ketdi. Qurbonlar bor
Pegasus aviakompaniyasining «Izmir – Istanbul» yo‘nalishida parvoz amalga oshirayotgan samolyoti qo‘nish vaqtida sodir bo‘lgan halokatdan so‘ng qurbonlar soni 3 nafarga yetdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
5 fevral kuni Turkiyaning Pegasus avaikompaniyasiga tegishli bo‘lgan Boeing 737-800 NG avialayneri Sabixi Gyokchen aeroportiga qo‘nish vaqtida aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagidan 50-60 metr nariga chiqib ketib devorga urilgan va 3 qismga bo‘linib ketgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga noqulay ob-havo sabab bo‘lgan. Samolyot qo‘nayotgan vaqtda kuchli shamol esib, yomg‘ir yog‘ayotgan bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, aeroport vaqtinchalik yopilgan, Turkiya bosh prokuraturasi voqeani tergov qilishni boshlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter