Istanbulda o‘zbekistonlikning uyida gaz portladi. Fuqaro shifoxonaga yetkazilgan
Joriy yil 4-iyul kuni Istanbul shahri Chekmekoy tumani Chamlik mahallasida 4 qavatli binoning 1-qavatida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan.
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, ushbu uyda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi M.Gulomova yashab kelgan va sodir bo‘lgan hodisa oqibatida tanasining ma’lum qismi kuyish jarohatini olgan. U ayni paytda Istanbul shahar shifoxonasida.
Bosh konsulxona tomonidan Chekmekoy huquqni muhofaza qiluvchi organlar va shifoxona xodimlari bilan aloqa o‘rnatilgan. Vatandosh hozirgi vaqtda shifoxonaning jonlantirish bo‘limida ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter