Istanbulda kuchli qor yog‘di, o‘qishlar to‘xtatildi

Istanbulda kecha kuchli qor yog‘di. Hatto maktab va universitetlar 17-fevralga qadar yopildi. Bu haqda shahar hokimi Ali Yerliqoya ma’lum qildi.
Shaharning ayrim joylarida qorning qalinligi 20 santimetrgacha yetgan, kuchli qor bo‘roni ko‘tarilgan.
Qor yog‘ishi Bosfor orqali parom qatnovini ham uzib qo‘ydi. Aeroportlar odatdagidek ishlab turibdi, biroq ayrim reyslarda to‘xtalishlar kuzatilgan.
Meteorologlarga ko‘ra, Istanbulda qor yog‘ishi besh kungacha cho‘zilishi kutilyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter