Isroil Shvetsiya hukumatini keskin qoralab chiqdi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘zining Telegram-kanalida Shvetsiya rasmiylarini Tavrotni yoqishga ruxsat berganlikda qoraladi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.
«Men Shvetsiya rasmiylarining Isroil elchixonasi oldida Tavrotni yoqishga ruxsat berish haqidagi qarorini keskin qoralayman. Isroil davlati yahudiy xalqi uchun muqaddas kitobni yo‘q qilish haqidagi bu sharmandali qarorga mutlaqo salbiy munosabatda», — deya yozgan Netanyaxu.
U barcha dinlarning muqaddas kitoblarini hurmat qilishni talab qildi.
Shvetsiya rasmiylari, xususan qirollik politsiyasi Qur’onni yoqilgandan so‘ng boshqa muqaddas kitoblar - Tavrot va Injilni ham yoqishga ruxsat berdi.
Iyun oyida Shvetsiyada asli iroqlik shaxs tomonidan Qur’oni Karim yoqib yuborilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter