Isroil maxsus kuchlari Ibn Sino kasalxonasida uch kishini o‘ldirdi
Isroil armiyasi o‘z maxsus kuchlari Iordan daryosining G‘arbiy sohilidagi Jenin shahridagi Ibn Sino kasalxonasida operatsiya o‘tkazgani, natijada u yerda yashiringan uch kishi o‘ldirilganini tasdiqladi.
Videokuzatuv kamerasi tasvirlarida fuqarolik kiyimidagi odamlar – erkaklar va ayollar (ba’zilari shifokorlar kiyimida) qo‘llarida qurol bilan koridor bo‘ylab ketayotganini ko‘rish mumkin.
Falastin manbalari fuqarolik kiyimidagi isroillik askarlar shifoxona binosiga bostirib kirib, uch yigitni o‘ldirgani haqida xabar berdi. Falastin hukumati Isroilni gumanitar hududda yana bir qatliom sodir etishda aybladi.
Isroil tomoniga ko‘ra, halok bo‘lgan uch kishi XAMASga bo‘ysunuvchi guruhiga aloqador bo‘lgan va ular kasalxonada bemorlardan bo‘lmagan, faqat bino ichida yashiringan. Isroil mudofaa kuchlari o‘z bayonotida halok bo‘lgan HAMAS a’zosi o‘tgan yilning 7 oktyabrida Isroilga hujum uyushtirgan va tashkilotchilardan biri bo‘lganini aytgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter