Isroil Livandagi yurishni to‘xtatish shartini aytdi
Isroil AQShga Livandagi mojaroni tugatish shartlarini taqdim etgani aytildi.
Oktyabr oyi o‘rtalarida Isroil Livandagi mojaroga barham berish uchun AQShga o‘z shartlarini bayon qilgan. Bu haqda Axios amerikalik va Isroil rasmiylari manbalariga asoslanib xabar bermoqda.
«O‘tgan hafta Isroil Qo‘shma Shtatlarga Livandagi urushni to‘xtatish uchun diplomatik yo‘l bilan hal qilish shartlari ko‘rsatilgan hujjatni topshirdi», — deyiladi nashrda.
Manbalarga ko‘ra, shartlardan biri Isroilga Livandagi «Hizbulloh» shia guruhini qayta qurollantirishga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan «faol majburlov operatsiyalari» o‘tkazish huquqini berishdir. Hujjatda Isroil, shuningdek, Livan havo hududida aviatsiyadan erkin foydalanishga ruxsat olishga erishish niyatini ham bildirgan.
Nomi oshkor etilmagan amerikalik mulozim nashr bilan suhbatda Bayrut va xalqaro hamjamiyat bu shartlarga rozi emasligini, chunki ular «Livan suverenitetiga jiddiy putur yetkazishi»ni aytdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter