Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

HAMAS Isroil bilan uzoq yillik sulh shartini aytdi

HAMAS Isroil bilan uzoq yillik sulh shartini aytdi

HAMAS harakati mustaqil Falastin davlati tuzishga erishilsa, Isroil bilan besh yil yoki undan ko‘proq muddatga sulh tuzishga tayyor. Bu haqda HAMAS siyosiy byurosining yuqori martabali a’zosi Xalil al-Hayya Accosiated Press agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

HAMAS G‘arbiy Sohil va G‘azo sektorida Isroilning 1967 yilgacha bo‘lgan chegaralariga mos keladigan to‘liq suveren Falastin davlatiga rozi bo‘ladi. Agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa, guruhning harbiy qanoti tarqatib yuboriladi, - deydi Xalil al-Hayya.

Shuningdek, u HAMAS Falastin Milliy Ozodlik Harakati (Fath) boshchiligidagi Falastin Ozodlik Tashkilotiga (FLO) qo‘shilishni va G‘azo sektori va G‘arbiy Sohilni boshqarish uchun yagona hukumat tuzmoqchi ekanligini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, 18 fevral kuni Isroil hukumati bir ovozdan Falastinni bir tomonlama tan olishdan norozilik rezolyusiyasini qabul qildi. Bosh vazir Benyamin Netanyaxu xalqaro bosimga qaramay, Isroil hech qachon Falastin davlati tashkil etilishini qo‘llab-quvvatlamaydi, deya bayonot berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring