Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil Eronga hujum qilmay turadi: sabab ma’lum

Isroil Eronga hujum qilmay turadi: sabab ma’lum

Isroil rasmiylari Eronga hujum qilishga tayyorgarlik haqidagi hujjatlar Amerika OAVlariga sizib chiqqanidan keyin amaliyotni kechiktirishga qaror qildi. Bu haqda yozadi The Times manbasiga asoslanib xabar berdi.

Unga ko‘ra, Isroil rasmiylari muqobil reja ustida ishlamoqda.

Gazetaning aniqlik kiritishicha, Isroil bu ma’lumotlarning tarqalishi Eronga ma’lum hujum shakllarini bashorat qilishga yordam berishi mumkinligidan xavotirda.

«AQSh hujjatlarining oshkor etilishi ma’lum strategiya va tarkibiy qismlarni o‘zgartirish zarurati tufayli hujumni kechiktirdi. Qasos olinadi, ammo bu kutilganidan ko‘proq vaqt talab qiladi», — dedi nashrning razvedkadagi manbasi.

1-oktyabr kuni Eron Isroil hududiga yuzlab raketa uchirdi va buni Livan Hizbulloh harakati bosh kotibi Hasan Nasrullohning o‘ldirilishiga javob deb atadi. Isroil ommaviy ravishda hujumga javob berishga va’da berdi.

18-oktyabr kuni internetda «o‘ta maxfiy» hisoblangan tayyorgarlik rejasi tarqaldi, bu Isroil qo‘shinlarining harakati va yahudiy davlatining Eronga hujumini aks ettirgan.

Nashr qilingan fayllardan ko‘rinib turibdiki, Isroil Eronga hujum qilish uchun havo-yer raketalaridan foydalanishni mashq qilmoqda. Bundan tashqari, hujjatlar Isroilning yadro quroliga ega ekanligini bilvosita tasdiqlaydi, garchi bu mamlakat rasmiylari rad etgan bo‘lsa ham.

AQSh ma’lumotlar sizib chiqishini tekshirmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring