Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil bombardimonida G‘arb davlatlari fuqarolari halok bo‘ldi

Isroil bombardimonida G‘arb davlatlari fuqarolari halok bo‘ldi

Foto: Reuters

Dushanba kuni Isroil tomonidan G‘azo sektoridagi Dayr al-Balah shahriga berilgan aviazarba oqibatida The World Central Kitchen (WCK) xayriya tashkilotining 7 nafar xodimi halok bo‘ldi.

Halok bo‘lganlar Avstraliya, Polsha, Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada va Falastin fuqarolari ekani xabar qilingan.

WCK xayriya tashkiloti xodimlari G‘azoga oziq-ovqat ko‘magi keltirgan bo‘lib, ular ketayotgan mashinaga aviatsiya orqali hujum qilingan.

«Isroil hukumati gumanitar ko‘makni cheklash, tinch aholi vakillari hamda insonparvarlik tashkilotlari xodimlarini o‘ldirishni bas qilishi, oziq-ovqatdan qurol sifatida foydalanishni to‘xtatishi kerak», – deya hujumni qoraladi WCK tashkiloti asoschisi Xose Andres.

Tashkilotning ijrochi direktori Erin Gor gumanitar ko‘mak guruhining harakat yo‘nalishi Isroil armiyasiga berilganini ma’lum qilgan.

«Bu nafaqat WCK’ga, balki og‘ir sharoitda faoliyat yuritayotgan barcha gumanitar tashkilotlarga hujumdir. Buni kechirib bo‘lmaydi», – degan E.Gor.

Isroil armiyasi holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilishini bildirgan.

Yevropa Ittifoqi qarorgohi AQShda joylashgan WCK tashkiloti xodimlari o‘limini qoralagan.

Isroil armiyasi G‘azo sektorida 2023-yil 7-oktyabrdan buyon olib borayotgan urushning 75 kuni mobaynida BMTning 136 nafar xodimi halok bo‘ldi. Tashkilot bosh kotibi buni «BMTning butun tarixida kuzatilmagan holat» deb atagan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring