Isroil armiyasi Yamanning Hodeyda shahriga havodan zarba berdi
Isroil harbiylari Yamanning xusiylar nazorati ostidagi Hodeyda shahriga havodan hujum uyushtirdi. Al Arabiya telekanali xabariga ko‘ra, hujum AQSh bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.
Qurbonlar va jarohatlanganlar borligi aytilyapti, biroq husiylar nazorati ostidagi Sog‘liqni saqlash vazirligi qurbonlar soni haqida ma’lumot bermagan.
SAXAL bayonotiga ko‘ra, shahar portidagi neft omborlariga hujum uyushtirilgan. Isroil tomoni Yamanga berilgan zarbalarni «so‘nggi oylarda Isroilga qilingan yuzlab hujumlarga javob» deb atagan. O‘z navbatida yaman husiylari o‘z bayonotida Isroildan qasos olishga va’da berishdi.
Eslatib o‘tamiz, 19 iyulga o‘tar kechasi Tel-Aviv markaziga dron hujumi uyushtirilgan edi. Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, yana sakkiz kishi yaralangan. Hujum uchun javobgarlikni Yamandagi xusiylar o‘z zimmasiga olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter