Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil armiyasi G‘arbiy sohilda keng ko‘lamli operatsiya o‘tkazishga tayyorlanmoqda — Riyod al-Malikiy

Isroil armiyasi G‘arbiy sohilda keng ko‘lamli operatsiya o‘tkazishga tayyorlanmoqda — Riyod al-Malikiy

Foto: Zerkalo

Isroil armiyasi G‘arbiy sohilda keng ko‘lamli operatsiya o‘tkazishiga tayyorlanmoqda. Bu haqda Falastin yetakchisining xalqaro munosabatlar bo‘yicha maslahatchisi Riyod al-Malikiy bayonot berdi.

«Bu xavf tasdiqlanishining alomatlarini ko‘ryapmiz. Biroq bunday vaziyat yuzaga kelgan taqdirda, unga yaxshi tayyorlanganmiz, deb hisoblayman. Odamlarimiz qarshilik ko‘rsatadi, ular shu yerda qoladi, ular mavjudlik uchun kurashishga urinib ko‘rishadi», — RIA Novosti Falastin prezidenti maxsus vakilining so‘zlarini keltirdi.

Hozirda Isroil armiyasi (SAXAL) G‘arbiy sohil tomon harakatlanmoqda. G‘arbiy sohildagi qishloqlar, shaharlar, qochoqlar lagerlariga harbiy xurujlar soni har kuni ikki, uch, to‘rt baravarga oshmoqda, dedi Riyod al-Malikiy.


«Bo‘lib tashla va hukmronlik qil!» — Falastinga qarashli yerlar yuzlab bo‘laklarga (qizil rangda) ajratib tashlangan.     

G‘arbiy sohil (Iordan daryosining G‘arbiy sohili, West Bank, maydoni — 5 640 kv km) — qisman tan olingan Falastin davlatining ikki qismidan biri (ikkinchisi — G‘azo sektori). Hozirda G‘arbiy sohilni ham Isroil uchga bo‘lib yuborgan:

  • A zona (hududining 17,2 foizi) — Falastin milliy ma’muriyati to‘liq nazorati ostida;
  • B zona (hududining 23,8 foizi) — Falastin ma’muriyati boshqaruv va jamoat tartibiga mas’ul, biroq Isroil harbiylari nazorat qiladi;
  • C zona (hududining 59 foizi) — Isroilning to‘liq nazorati ostida.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring