Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil AQShdan qariyb 9 mlrd dollar harbiy yordam olishini e’lon qildi

Isroil AQShdan qariyb 9 mlrd dollar harbiy yordam olishini e’lon qildi

Isroil «davom etayotgan harbiy harakatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun» Qo‘shma Shtatlardan 8,7 milliard dollarlik yordam paketini oladi. Bu haqda Isroil mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qilgan.

«Isroil Mudofaa vazirligi bosh direktori Eyal Zamir Vashingtonda AQShning mamlakatning davom etayotgan harbiy sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 8,7 milliard dollarlik yordam paketi bo‘yicha muzokaralarni yakunladi», — deyiladi departament xabarida.

24-sentyabr kuni Associated Press agentligining xabar berishicha, Qo‘shma Shtatlar BMT Bosh Assambleyasida Isroil va Livan o‘rtasidagi keskinlikni bartaraf etish bo‘yicha «aniq rejalar»ni taqdim etishni rejalashtirmoqda.

23-sentyabr kuni ertalab Isroil aviatsiyasi Livandagi aholi punktlariga katta zarbalar berishni boshladi. Ko‘plab qishloqlar va bir qator shaharlar hujumga uchradi. Birinchi kunning o‘zida 500 nafardan oshiq kishi halok bo‘ldi. Ular ichida ayollar va bolalar ham bor edi. 

Bunga javoban «Hizbulloh» harakati jangchilari Isroilning shimoliy hududlariga o‘nlab raketalarni otdi. Livan hukumati allaqachon BMTni vaziyatga aralashishga va Isroil agressiyasini to‘xtatishga chaqirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring