Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ispaniyaning bayonotlari Isroilni g‘azablantirdi: endi nima bo‘ladi?

Ispaniyaning bayonotlari Isroilni g‘azablantirdi: endi nima bo‘ladi?

Ispaniya bosh vazirining G‘azo sektori haqidagi so‘zlari tufayli Isroil Madriddagi elchisini «maslahatlashuvlar uchun» chaqirib oldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches Isroilning G‘azo sektorida harakatlari xalqaro qonunlarga to‘g‘ri kelishiga shubhasi borligini aytgan. Bundan tashqari avvalroq bosh vazir Ispaniya Falastin davlati mustaqilligini tan olishi mumkinligi haqida gapirgandi.

Bosh vazir Yevropa Ittifoqi davlatlari ham shunday qilishi kerakligi aytgan. 

Mazkur bayonotlar Isroil tomonini g‘azablantirgani taxmin qilinmoqda. Ta’kidlash kerakki, AQSh qatorida Yevropa Ittifoqi ham Isroilning yaqin ittifoqchisi sifatida ko‘rib kelinadi. 

Avvalroq, Isroil bosh vaziri Binyanmin Netanyahu G‘azoda urush davom etishini ma’lum qilgandi.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring