Ispaniya va Argentina o‘rtasiga sovuqlik tushdi
Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches mamlakatning Argentinadagi elchisini chaqirib olishga qaror qildi, deya xabar berdi El Mundo nashri.
Argentina prezidenti Xaver Miley o‘z bayonotida Sanchesni so‘l radikallar va sobiq prezident Kristina Kirshner ishtirokida mamlakatda davlat to‘ntarishini amalga oshirishga uringanlikda ayblaganidan so‘ng Madrid ushbu qarorga kelgan.
Ispaniya va Argentina diplomatik munosabatlari vaqtinchalik ishlar vakili darajasigacha tushirildi. Miley ispan elchisining chaqirib olinishini «bema’ni qaror», dedi.
Avvalroq Miley Madrid markazida «Ovoz» ultrao‘nglar partiyasi o‘tkazgan mitingda qatnashib, sahnadan turib ispan bosh vazirini korrupsiyada ayblagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter