Ispaniya turizm solig‘ini ikki barobar oshirdi

Ispaniya turizm qo‘mitasi Mayorka, Formentera va Ibiza kabi hududlarda ta’tilga keladigan sayyohlar uchun soliqni ikki barobarga oshirdi.
Narxli soliq solish kishi boshiga 4 yevrodan boshlanib, sayyohlar afzal ko‘rgan ta’til shakliga qarab o‘sib boraveradi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
Bunday yo‘l tutilishi sayyohlarga qulaylik yaratish, dam olish hududlarini toza va ozoda saqlash, xizmat sifatini yanada yaxshilashdan iborat. Mavsumdan tashqari paytlarda kishi boshiga 50 sentdan 2 yevrogacha soliq solinadi. 15 yoshdan kichik bolalarga soliq solinmaydi.
Mayorka orolida 9 kundan ortiq qoladigan sayyohlarga esa 50 foizlik chegirmalar joriy etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter