Ispaniya G‘azodagi genotsid bo‘yicha Xalqaro sudda qo‘zg‘atilgan da’voga qo‘shildi
Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches Isroil hukumati G‘azo sektorida xalqaro gumanitar qonunlarga rioya qilayotganiga shubha qilmoqda.
U TVE telekanaliga intervyu berib, «bo‘layotgan voqealar genotsid yoki yo‘qligini aytish men uchun emas, lekin men Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu hukumatining xalqaro gumanitar huquqni hurmat qilayotganiga jiddiy shubhalar borligiga kafolat bera olaman», deydi.
Shu munosabat bilan Sanches Madrid Janubiy Afrikaning yahudiy davlatiga qarshi Xalqaro sudda qo‘zg‘atgan da’vosiga qo‘shilishga qaror qilganini eslatdi.
Mavzuga doir: JAR Falastin masalasida yana bir kutilmagan qadam tashladi
«Bu urushning butunlay tugashi uchun xalqaro hamjamiyat bosimini oshirish juda muhim, deb hisoblayman», – deya xulosa qildi Ispaniya hukumati rahbari.
Bir kun oldin mamlakat hukumati Falastinni qo‘llab-quvvatlash uchun 16 million yevro miqdorida qo‘shimcha paket ajratganini hamda «bu majburiyat 2024-yilda ham davom etishi va mustahkamlanishi»ni ta’kidlagan edi.
Madrid, shuningdek, mart oyida ham Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligi (UNRWA) uchun 20 million yevroga yaqin mablag‘ ajratilishini e’lon qilgan edi.
Mavzuga doir: Xalqaro sudga Isroil borasida shoshilinch talabnoma yuborildi
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya joriy yil 28-may kuni Falastinni davlat sifatida tan oldi.
Buning ortidan Isroil o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashdi. 27-may kuni Isroil tashqi ishlar vaziri Izrayel Kats qirollikning yahudiy davlatidagi elchixonasiga Ispaniyaning Quddusdagi konsulligiga G‘arbiy sohildagi falastinliklarga konsullik xizmatlari ko‘rsatishni taqiqlashini ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter