Ispaniya bosh vaziri ayollarni jinsiy qullikka duchor qiluvchi faoliyatni taqiqlashga va’da berdi
Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches mamlakatda fohishalikni taqiqlab, jinoiy javobgarlikka tortishga va’da berdi. Bu haqda VVS News xabar bermoqda.
Valensiyada bo‘lib o‘tgan uch kunlik sotsialistik partiya qurultoyida tarafdorlari oldida nutq so‘zlagan Sanches bu amaliyot «ayollarni qul qilishini» aytdi.
1995-yili Ispaniyada fohishabozlikka bu sohada faoliyat ko‘rsatadigan odamlarning xavfsizligini oshirish maqsadida qonuniy ruxsat berildi. Biroq jinsiy aloqa bilan shug‘ullanuvchi va potensial mijoz o‘rtasida vositachilik yoki qo‘shmachilik qilish noqonuniy hisoblanadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, hozirda Ispaniyada 300 mingga yaqin fohisha ishlaydi. Bundan tashqari, ularning ba’zilari, politsiya hisob-kitoblariga ko‘ra, jinsiy qullikka duchor qilingan.
Ispaniya sotsialistik ishchilar partiyasi 2019-yilgi saylovoldi dasturiga fohishalikni taqiqlash tashabbusi bilan chiqishgan, ammo o‘shandan beri bu yo‘nalishda hech qanday ish qilinmadi. Qayd etilishicha, o‘shanda ko‘pchilik buni partiyaning ayollar orasida mashhurligini oshirish yo‘li deb hisoblagan. Bu sohani o‘rgangan ispan jurnalisti Sezar Jaraning so‘zlariga ko‘ra, fohishabozlik Ispaniyaga kuniga 7-8 million yevro daromad olib keladi. Ushbu mamlakat fohishalik bo‘yicha Yevropada Germaniyadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi va xalqaro mafiya uchun qulay joyga aylangan.
2019-yili Sotsialistik partiya saylovoldi dasturida fohishabozlikni taqiqlashga va’da berdi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad ko‘proq saylovchi ayollarning e’tiborini jalb qilish bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter