Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari Istanbulda to‘planmoqda

Falastinda sodir bo‘lgan qatliomdan so‘ng Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari bugun Istanbulda to‘planishmoqda. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on rahbarligida IHTga a’zo davlatlar rahbarlari yig‘ilish yakuni bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilishi hamda Isroil va dunyoga ta’sirli so‘zlar aytilishi kutilyapti.

Bir necha daqiqa avval Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Islom hamkorlik tashkilotining navbatdan tashqari yig‘ilishida ishtirok etish uchun Istanbulga yetib kelgan edi.
Shu bilan birga, yig‘ilishda Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani, Urdun (Iordaniya) qiroli Abdulloh II, Sudan prezidenti Umar Bashir, Gvineya-Bisau prezidenti Joze Mario Vaz va Gvineya prezidenti Alfa Gondu, Qatar amiri shayx Tamim ibn Hamad Soniy, Kuvayt amiri shayx Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh, Mavritaniya prezidenti Muhammad Valad Abdulaziz, Shimoliy Kipr turk respublikasi prezidenti Mustafo Akinji, Pokiston bosh vaziri Shohid Hoqon Abbosiy va Qirg‘iziston bosh vaziri Muhammadkaliy Abilg‘oziyevning qatnashishi kutilayapti.
Shu bilan birga, Indoneziya, Gambiya, Somali, Yaman davlatlaridan ham vakillar qatnashadi.
IHTning navbatdan tashqari yig‘ilishida qatnashish uchun Falastin bosh vaziri Ramiy al-Hamdalloh va IHT bosh kotibi Yusuf ibn Ahmad al-Usaymiy kecha Istanbulga yetib kelgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter