IShIDning yuqori rutbali rahbari raketa hujumida o‘ldirildi
AQSh harbiylari Yevropadagi teraktlarni rejalashtirish uchun mas’ul bo‘lgan IShIDning Suriyadagi yuqori martabali yetakchisini yo‘q qilganini ma’lum qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.
AQSh Markaziy qo‘mondonligining ma’lum qilishicha, Xolid al-Jaburiyning o‘limi IShID uchun dunyoda teraktlar rejalashtirishni qiyinlashtiradi. Departament halok bo‘lgan jangariaynan qaysi teraktlar uchun javobgarligini tilga olmagan.
«IShID mintaqaga va uning tashqarisiga tahdid solishida davom etmoqda. Guruh zaiflashgan bo‘lsa-da, mintaqada amaliyotlar o‘tkazishga qodir va Yaqin Sharqdan tashqarida zarba berishga harakat qilmoqda», - deydi AQSh Markaziy qo‘mondonligi rahbari, general Maykl Kurilla.
Ma’lumotlarga ko‘ra, raketa hujumi oqibatida tinch aholi vakillari jabrlanmagan.
AQSh boshchiligidagi koalitsiya so‘nggi oylarda Suriya shimolida IShIDning yuqori martabali a’zolari va yana bir ekstremistik guruh – Xurras al-Din («Al-Qoida»ning Suriyadagi bo‘limi hisoblanadi)ga qarshi bir necha bor zarbalar berdi.
Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, ayni damda IShIDning Iroq va Suriyada 5-7 ming a’zosi va tarafdorlari bor, ularning yarmiga yaqini jangarilardir. Ular asosan qishloqlar va chekka manzilgohlarda joylashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter