Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Irlandiya asosiy banklaridan birini qutqarishni bas qildi

Irlandiya asosiy banklaridan birini qutqarishni bas qildi

Foto: TheJournal.ie

Irlandiya hukumati mamlakatning eng yirik banklaridan biri — Bank of Ireland (Irlandiya banki)ni moliyaviy qutqarishni to‘xtatdi, deb xabar berdi Bloomberg.

Hukumat Irlandiya bankining so‘nggi 13 yildan beri o‘ziga qarashli bo‘lgan ulushini sotib yubordi. Davlat 2009–2011-yillar davomida bankni qo‘llash uchun 4,7 milliard yevro sarfladi. Bankdagi o‘z aksiyalarini esa endi 6,7 milliard yevroga sotdi.

«Soliq to‘lovchilarning Irlandiya banklarini qutqarish uchun sarflangan pullari tiklanishi va bundan foydaliroq maqsadlarga ishlatilishi kerak», — dedi moliya vaziri Paskal Donohyu.

Yevropaning ayrim mamlakatlarida 2000-yillarning oxirlarida moliyaviy inqiroz yuz berganida, Irlandiya hukumati o‘z bank sektoriga 64 mlrd yevro kiritgandi. Bu mablag‘ning qariyb yarmi Anglo Irish Bank hamda Irish Nationwide o‘rtasida taqsimlangan, biroq bu banklar yakunda inqirozdan chiqa olmagan va tugatilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring