Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Insoniyat tanazzul yoqasida — haliyam kech emas...

Insoniyat tanazzul yoqasida — haliyam kech emas...

Foto: CNN

BMT savdo va taraqqiyot (UNCTAD) konferensiyasining 2022-yil uchun hisobotiga ko‘ra, jahon iqtisodiyotidagi potensial pasayish 2008-yilgi moliyaviy inqiroz va koronavirus pandemiyasidan ko‘ra ko‘proq zarar keltirishi mumkin.

«Tanazzul yoqasidan qaytish uchun hali vaqtimiz bor. Ilojsiz narsaning o‘zi yo‘q. Biz kursni o‘zgartirishimiz kerak. Narxlar va favqulodda soliqlarni nazoratga olish, monopoliyani jilovlash, xom ashyo narxlaridagi o‘yinlarga barham beruvchi yanada amaliyroq strategiyalarga chorlaymiz», — dedi UNCTAD bosh kotibi Rebeka Grinspan.

Hisobotda prognoz qilinishicha, boy mamlakatlardagi joriy pul-kredit siyosati butun dunyoda iqtisodiy tanazzulga olib kelishi mumkin: 2022-yilda pasayish — 2,5 foiz, 2023-yilda — 2,2 foiz. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishidagi pasayish oqibatida global YaIM hajmi pandemiyagacha davrdagidan ancha pastlab, jahon daromadining 20 foiziga teng — 17 trillion dollargacha zarar keltirishi mumkin. Eng ko‘p zarar rivojlanayotgan mamlakatlar gardaniga tushadi, ular so‘nggi 20 yilda yuz bergan istalgan moliyaviy inqiroz oqibatlaridan-da yomonroq retsessiya bilan to‘qnashadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring