Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Insoniyat katta ocharchilik yoqasida — Germaniya vaziri

Insoniyat katta ocharchilik yoqasida — Germaniya vaziri

Qurg‘oqchilik, koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqiroz va Ukrainadagi urush Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng yirik ko‘lamli ocharchilikni keltirib chiqarishi mumkin.

Dunyo bo‘yicha oziq-ovqat 30 foizga qimmatlashdi, narxlar bo‘yicha rekordlar yangilanyapti, dedi Germaniya iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot masalalari vaziri Svenya Shulse.

FAO (BMTning Butunjahon oziq-ovqat dasturi) ma’lumotlariga ko‘ra, jahonda 300 mln kishi ocharchilikdan aziyat chekmoqda va bu raqamlar kattalashib boryapti. «Dunyo Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng yirik qahatchilik bilan yuzlashish, millionlab qurbonlar berish xavfi ostida», — dedi Shulse.

Dunyoning ko‘plab mamlakatlari oziq-ovqat va mineral o‘g‘itlar bilan  bilan ta’minlanish borasida Rossiya va Ukrainaga juda bog‘lanib qolgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring