Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Infeksionist «epidemiya» bilan «pandemiya» o‘rtasidagi farqni tushuntirib berdi

Infeksionist «epidemiya» bilan «pandemiya» o‘rtasidagi farqni tushuntirib berdi

Foto: «Focus.ua»

Kuni kecha Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti tomonidan e’lon qilingan koronavirus pandemiya epidemiyadan asosan terminologiya nuqtai nazaridan farq qiladi, deb hisoblaydi fransuz infeksionisti, Tibbiyot milliy akademiyasi a’zosi Fabris Briker.

JSST 11-mart kuni yangi koronavirus pandemiyasini e’lon qildi. Dunyo bo‘yicha 100 dan ortiq davlatda qariyb 120 ming kishi kasallandi, aksariyati tuzaldi, 4 mingdan ortiq kishi hayotdan ko‘z yumdi.

«Pandemiya» — asosan jo‘g‘rofik tushuncha. U ikki yoki undan ortiq qit’ani egallaganda qo‘llaniladi. Koronavirus esa beshta qit’aning beshalasida ham qayd etildi (aholi istiqomat qilmaydigan Antarktida bundan mustasno)», — deydi Briker «Europe1» radiostansiyasi efirida.

Jo‘g‘rofiyadan tashqari olim pandemiya uchun xos bo‘lgan yana bir jihatga e’tibor qaratdi: «ushbu turli hududlarda virusning yuqishi».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring