Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Indoneziya yo‘qolgan suvosti kemasi cho‘kib ketganini e’lon qildi, ekipajning 53 a’zosi halok bo‘lgan

Indoneziya yo‘qolgan suvosti kemasi cho‘kib ketganini e’lon qildi, ekipajning 53 a’zosi halok bo‘lgan

«KRI Nanggala-402» submarinasi.

Foto: «Antara Foto»

Indoneziya hukumati yo‘qolgan suvosti kemasi cho‘kib ketganini, uning 53 nafar ekipaj a’zosi halok bo‘lganini e’lon qildi. Bu haqda AR xabar berdi.

Mamlakat Harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni Xadi Tjaxjantoning aytishicha, submarina oxirgi marta suv ostiga yo‘l olgan Bali oroliga yaqin hududda neft dog‘lari hamda buzilishdan darak beruvchi ashyoviy dalillar topilgani «KRI Nanggala-402» kemasi halokatidan dalolat beradi.

Hozircha topilgan ashyoviy dalillar. Foto: «CTV News»

Suvosti kemasi halokatining sabablari hanuz qorong‘uligicha qolmoqda. Mutaxassislar taxminiga ko‘ra, elektr tizimidagi muammo sababli ekipaj yuzaga qaytib suzib chiqa olmagan bo‘lishi mumkin.

Indoneziyaning «KRI Nanggala-402» submarinasi 1977-yili Germaniya Federativ Respublikasida ishlab chiqarilgan, 2012-yili Janubiy Koreyada zamonaviylashtirilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring