Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Indoneziya chempionatidagi ayanchli hodisa qurbonlari soni keskin oshdi

Indoneziya chempionatidagi ayanchli hodisa qurbonlari soni keskin oshdi

Foto: Reuters.

Indoneziya chempionatidagi o‘yinda sodir bo‘lgan dahshatli voqeada halok bo‘lganlar soni 129 kishidan 174 kishiga ko‘paydi. Bu haqda AFP axborot agentligi xabar bermoqda.

Voqea «Arema» va «Persebayya Surabaya» o‘rtasidagi futbol o‘yinida sodir bo‘lgan. Indoneziya 1-ligasining markaziy o‘yinida «Arema» o‘z maydonida jamoasiga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuv yakunlangach, mag‘lubiyatga uchragan jamoa muxlislari maydonga yugurishgan.

Xavfsizlik xodimlari ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan nafaqat maydonga yugurib chiqqan muxlislarga, balki vahima va tiqilinch boshlangan tribuna tomon ham ishlatilgan.

Keyinroq Indoneziya xavfsizlik vaziri Muhammad Mahfud stadion to‘lib ketganini aytdi. O‘yinga ob’yekt kvotasidan 4000 nafar ko‘proq muxlis yig‘ilgan.

Indoneziya futbol assotsiatsiyasi allaqachon «Arema»ga mavsum oxirigacha uy uchrashuvlarini o‘tkazishni taqiqlagan, shuningdek, chempionat o‘yinlarini bir haftaga to‘xtatgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring