Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘dagi muhim shaharda nazorat o‘rnatilganini ma’lum qildi

Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘dagi muhim shaharda nazorat o‘rnatilganini ma’lum qildi

Foto:«Zerkalo.az»

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev mamlakat armiyasi Tog‘li Qorabog‘dagi Shusha shahrini o‘z nazoratiga olganini e’lon qildi. Aliyev xalqqa murojaatida bu haqda gapirgan, deya yozdi «Sputnik Ozarbayjon».

«Shusha ozod qilindi. Shusha biznikidir!» - dedi Ozarbayjon rahbari.

Shusha shahri Tog‘li Qorabog‘ markazi Stepanakertdan 10 kilometr janubda joylashgan; shaharni Armaniston bilan bog‘laydigan yo‘l u orqali o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 27-sentyabr kuni Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston qurolli kuchlarining «Qorabog‘dagi aloqa chizig‘idagi aholi punktlarini o‘qqa tutishiga» javoban «qarshi hujum operatsiyasi» boshlanganini e’lon qildi.

Shundan beri mintaqada qurolli harakatlar avj oldi. Bir necha marta o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar ham vaziyatni yengillata olmadi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring