Ikkinchi jahon urushidan qolgan harbiy snaryadning portlashi odam o‘limiga sabab bo‘ldi
Rossiyaning Yekaterinburg shahri yaqinida Ikkinchi jahon urushi davridan qolgan harbiy snaryad portlab ketdi, deb xabar berdi «Ural» GTRK.
Rej shaharchasidagi portlash oqibatida olti kishi jarohat olgan, bir kishi halok bo‘lgan. Ta’mirlash ishlari payti topilgan snaryadni zararsizlantirishga urinish uning portlashiga olib kelgan.
Hodisa oqibatida turli darajada kuyish jarohati olgan jabrlanuvchilar shifoxonaga joylashtirilgan. Ularning biri jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter