Ijevsk maktabidagi otishma qurbonlari soni 17 nafarga yetdi
Rossiyaning Ijevsk shahridagi 88-maktabda sodir etilgan otishma qurbonlari soni 17 nafarga yetdi. Bu haqda Udmurtiya Respublikasi ma’muriyati ma’lum qilgan.
«Rossiya Tergov qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, voqea qurbonlari 17 nafarga yetgan. Ularning 11 nafari bolalar, qolgan 6 nafari esa katta yoshli kishilardir», – deyiladi xabarda.
Bir muddat oldin mazkur manba halok bo‘lganlar soni 15 nafar va ularning 11 nafari bolalar ekanini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, yaralangan 24 kishining 22 nafari ham o‘quvchilar ekani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, dushanba kuni Artem Kazansev ismli shaxs Ijevsk shahridagi maktabda qo‘riqchini otib tashlab maktabga kirgan va u yerda otishma sodir etgandi. Keyinroq u o‘z joniga qasd qilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan RF Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2 qismi (ikki va undan ortiq shaxslarni, jumladan bolalar hamda jinoyatchiga himoyasiz ekanligi ma’lum bo‘lgan kishilarni qasddan o‘ldirish) va 222-moddasi 1-qismi (noqonuniy tarzda quroldan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Udmurtiya ma’muriyati qurbonlari xotirasiga uch kunlik motam e’lon qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter