Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Homila emas, o‘sma bo‘lib chiqdi: shifokorlarni hayratga solgan britaniyalik ayol

Homila emas, o‘sma bo‘lib chiqdi: shifokorlarni hayratga solgan britaniyalik ayol

Foto: «Zen.yandex.ru»

Buyuk Britaniya fuqarosi Keti Xolms 6 kilolik xavfli o‘smani homiladorlik deb o‘ylagan, deb yozadi «The Sun» gazetasi.

Ayol noxushlikni ilk bor 2016-yil sentyabrda yoqilg‘i quyish shoxobchasida tungi smenada ishlayotganda sezgan. Qayt qilish, bosh aylanishi va kuchli qorin og‘rig‘idan bezovta bo‘lgan. Shifokorlar unga gastroenterit tashxisini qo‘yishib, dori-darmonlar buyurishgan.

Xolms shikoyatlar bilan tinmay shifoxonaga qatnagan, biroq shifokorlar unga shunchaki dori yozib berishdan nariga o‘tishmagan. Bu vaqt ichida ayol qorni kattalashayotgani va dumaloq shaklga kelayotganini payqagan. Shundan so‘ng u homilador bo‘lib qolganman deb xayol sura boshlagan.

2016-yil dekabrda Xolms qornida kuchli og‘riqni his qiladi. U zudlik bilan shifoxonaga boradi va u yerda UTT tekshiruvidan o‘tadi. Buni qarangki, tuxumdonida 6 kilolik o‘sma aniqlanadi.

Shifokorlar Xolmsni operatsiya qilib, o‘sma bilan birga bitta tuxumdonini ham olib tashlashadi. Tahlil natijalari kista tarkibida saraton to‘qimalari borligini ko‘rsatdi. Muolajaning sharofati bilan saraton hujayralarining tarqalishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Hozir Xolmsning sog‘ligi butunlay tiklangan. Bolali bo‘lish borasidagi xavotirlariga qaramay, 2018-yil aprelda sog‘lom qizaloqni dunyoga keltirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring