Hindistonlik ayol Dubayga olib bormagani uchun erini bir urib o‘ldirib qo‘ydi
Hindistonda 38 yoshli ayol erini bir zarb bilan o‘ldirib qo‘ydi. Bunga erkakning tug‘ilgan kunini nishonlash uchun turmush o‘rtog‘ini Dubayga olib borish va qimmatbaho sovg‘alar olib berishdan bosh tortgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Rad javobidan g‘azablangan ayol erining yuziga musht tushirgan. Ushbu zarba natijasida erkakning burni va tishlari singan. Tekshiruvlarga ko‘ra, u ko‘p qon yo‘qotishi sababli vafot etgan.
Mahalliy politsiyaga ko‘ra, voqea 24 noyabr kuni Hindistonning Pune shahridagi sodir bo‘lgan. Juftlikning oila qurganiga olti yil bo‘lgan.
Ayni paytda erining qotiliga aylangan ayolga nisbatan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter