Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistondagi sel 23 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Hindistondagi sel 23 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Foto: «Sabah»

Hindistonning Assam shtatida kuchli jala tufayli sel kelib, 23 kishini hayotdan olib ketgan. Bu haqda «Sabah» xabar qilmoqda.

Kecha saytimizda xuddi shu shtatda sel 17 kishining umriga zomin bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Ma’lumotlarga ko‘ra, musson yomg‘irlari tufayli ko‘plab shaharlarda toshqin kuzatilayapti.

Kojikode shahriga qarashli Karinchola qishlog‘ida sel 5 ta uyni o‘z komiga tortishi oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan.

Tabiiy ofat Bangladeshda ham kuzatilayapti. Maulvibazar shahrida sel tufayli kamida 4 kishi halok bo‘lgan, 5 kishi bedarak yo‘qolgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring