Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda yondirilayotgan jasadlarning ko‘pligidan pechlar erib ketyapti

Hindistonda yondirilayotgan jasadlarning ko‘pligidan pechlar erib ketyapti

Foto: «Al Jazeera»

Hindistonda yondirilayotgan jasadlarning ko‘pligidan mahalliy krematoriylarning pechlari erib ketyapti. Bu haqda «Al Jazeera» xabar bermoqda.

Xususan, Hindiston g‘arbiy shtatidagi Gujaratda gaz va o‘tin yoqiladigan krematoriy pechlari haqida gap boryapti. Kanalning ma’lum qilishicha, COVID-19 pandemiyasi davrida pechlarning uzluksiz ishlashi sababli metall qismlari eriy boshlagan.

«Biz jasadlarni o‘z vaqtida yoqish uchun tunu kun 100 foiz ishlayapmiz», — deydi Surat shahridagi krematoriy boshqarmasi bo‘yicha fond rahbari Kamlesh Seylor.

«Al Jazeera»ga ko‘ra, bunga Hindiston hukumatining COVID-19 asoratlari sababli o‘lim statistikasini kamaytirib ko‘rsatishi sabab bo‘lishi mumkin. Chunki bir nechta yirik shaharlar kunlik kuydirish va dafn etishlar soni rasmiy ro‘yxatdagidan ko‘ra bir necha marta ko‘pligini xabar bermoqda. Bundan tashqari, mamlakatda dori-darmonlar yetishmayapti va shifoxonalarda odamlar ko‘p.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, 20-aprelda Hindistonda kunlik koronavirus bilan kasallanishlar soni kamaydi, ammo baribir 200 mingdan oshib ketmoqda. Pandemiya boshlanganidan beri mamlakatda COVID-19 bemorlarining umumiy soni 14 milliondan oshdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring