Hindistonda sel 17 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Hindistonning shimoliy-sharqidagi Assam shtatida kuchli jala tufayli sel kelib, 17 kishini hayotdan olib ketgan.Bu haqda «Haber7» xabar qilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, musson yomg‘irlari tufayli ko‘plab shaharlarda toshqin kuzatilgan.
So‘nggi 4 kunda Assam shtatida sel 17 kishining hayotiga zomin bo‘lgan, 42,5 ming kishi talafot ko‘rgan. Shtatda 3292 gektar maydondagi 716 ta qishloq suv ostida qolgan. Minglab kishilar xavfsiz hududga ko‘chirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter