Hindistonda politsiyachi to‘rt nafar hamkasbini otib tashladi
Hindiston markaziy zaxira politsiyasi zobiti Ritesh Ranjan dushanbaga o‘tar kechasi o‘zining yetti nafar hamkasbiga AK-47 dan o‘q uzgan. Bu haqda The Hindu nashri xabar bermoqda.
Hodisa Sukma tumanidagi Lingalapalli qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Ranjan to‘rt nafar hamkasbini otib o‘ldirgan, yana uch nafari yaralangan va davlat shifoxonasiga yetkazilgan. Otishmaning aniq sabablari aniqlanmagan, tergov davom etmoqda.
Huquqni muhofaza qilish organlari taxminiga ko‘ra, politsiyachi ruhiy stressdan aziyat chekkan.
«Emotsional stress psixologik disbalansni keltirib chiqargan va konstebl Ritesh Ranjan g‘azablangan holda hamkasblariga qarata o‘t ochgan», — dedi Markaziy zaxira politsiyasi vakili.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter