Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda noma’lum kasallik tarqaldi: bir kishi vafot etgan, 300 dan ortiq kishi kasalxonaga yotqizilgan

Hindistonda noma’lum kasallik tarqaldi: bir kishi vafot etgan, 300 dan ortiq kishi kasalxonaga yotqizilgan

Foto: «The Indian Express»

Hindiston janubidagi Andhra-Pradesh shtatida noma’lum kasallik simptomlari aniqlangan bir kishi vafot etdi, 300 dan ortiq inson kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda «Regnum» agentligi «The Hindu» gazetasiga (7- dekabr) asoslanib xabar berdi.

Faqulodda vaziyat Eluru shahrida yuzaga kelgan. Kasalxonalarga noma’lum kasallik simptomlari mavjud bemorlar kelishi 5-dekabrdan boshlangan. 6-dekabr kechki paytga kelib, bunday bemorlar soni 315 nafarga yetgan. Kasallanganlarning 46 nafari bolalar, 70 nafari ayollar. Bemorlarda behushlik, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i va tutqanoq alomatlari kuzatilgan.

Ayni paytga kelib kasallanganlardan aksariyatining ahvoli o‘nglanayotgani aytilmoqda. Ularning hech birida koronavirus infeksiyasi aniqlanmagan.

Suv, oziq-ovqat, bemorlarning qon namunalari sud-tibbiyot ekspertizasiga yuborilgan. Hozircha kasallik qo‘zg‘atuvchisi noma’lumligicha qolmoqda.  Shtat sog‘liqni saqlash rahbarlarining dastlabki taxminicha, ommaviy kasallanishga sifatsiz suv, oziq-ovqat yoki havoning ifloslanishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring