Hindistonda COVID bemorlari davolanayotgan shifoxonadagi yong‘inda 13 kishi halok bo‘ldi
![Hindistonda COVID bemorlari davolanayotgan shifoxonadagi yong‘inda 13 kishi halok bo‘ldi](https://static.xabaruz.com/crop/1/7/720_460_95_1774029209.jpg)
Hindistondagi shifoxonada yong‘in paytida 13 bemor vafot etdi, deya xabar berdi Mumbai Mirror gazetasi.
Hindistonning Maxarashtra shtati poytaxti Mumbay shahri yaqinida koronavirusga chalinganlar uchun mo‘ljallangan shifoxonada yong‘in kelib chiqqan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa tungi soat uchda jonlantirish bo‘limida portlash tufayli sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar yetib borishgan va soat 05:20da yong‘in o‘chirilgan. Hozirda yong‘in oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
21 bemor boshqa shifoxonaga ko‘chirildi. 13 nafar vafot etganlar orasida 8 erkak va 5 ayol bor. Ulardan 6 nafari keksalar ekanligi aniqlandi. Yaqin vaqt ichida huquqni muhofaza qilish idoralari ushbu hodisani tekshiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter