Hindistonda ayol kishi mamlakat prezidenti bo‘ldi

Hindistonda hukmron Bharatiya Janata partiyasi (BJP, Hindiston xalq partiyasi) boshchiligidagi Milliy demokratik alyans a’zosi Draupadi Murmu yangi prezident va mamlakat tarixidagi bu lavozimdagi ikkinchi ayol bo‘ldi.
Bu haqda Indian Express xabar bermoqda.
Hindistonda prezident besh yillik muddatga saylanadi. Mamlakat parlamentar respublika bo‘lib, unda prezident to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalq tomonidan emas, balki Saylovchilar kollegiyasi tomonidan saylanadi.
Kollegiya tarkibiga parlamentning ikkala palatasi deputatlari, shuningdek, shtatlar va ittifoq hududlari parlamentlari quyi palatalari deputatlari kiradi.
Murmuning raqibi birlashgan muxolifat kuchlari vakili Yashvant Sinxa bo‘lib, u mingtadan sal ko‘proq ovoz to‘plagan.
Prezidentlik kursisini 2017-yildan beri Ram Natx Kovind egallab kelayotgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter