Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazir xalqaro yig‘ilishga velosipedda bordi

Vazir xalqaro yig‘ilishga velosipedda bordi

Foto: «Times of India»

Hindiston sog‘liqni saqlash vaziri Xarsh Vardxan Nyu-Deli janubidagi mehmonxonaga borish uchun 6 kilometr masofani velosipedda bosib o‘tdi.

«Regnum»ning xabar berishicha, u yerda JSST hududiy byurosi sog‘liqni saqlash vazirlarining 72-uchrashuvi o‘tkazilayotgandi.

Vardxan boshqa mamlakat vazirlari bilan birga yoga mashg‘ulotida ham ishtirok etgan.

Ta’kidlash joizki, hind vaziri sog‘lom turmush tarzining faol targ‘ibotchisi sanaladi. U har kuni uyidan ishigacha velosipedda 2 kilometr yo‘l bosadi.

«Jagran» hind yangiliklar agentligi ma’lumotiga ko‘ra, vazir mazkur tadbirda so‘zga chiqib, Hindiston hukumat darajasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan. «Bosh vazir Narendra Modi jismoniy faollikni targ‘ib qilish bo‘yicha faol harakatlarni boshlab yuborgan», — deydi u.

«Biz o‘zimiz sog‘lom turmush tarziga rioya etishimiz va buni boshqalar orasida targ‘ib qilishimiz lozim», — deydi u boshqa davlatlar vakillariga.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring