Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindiston sharqida jangarilar hujumi natijasida olti politsiyachi halok bo‘ldi

Hindiston sharqida jangarilar hujumi natijasida olti politsiyachi halok bo‘ldi

Hindistonning Jarkxand shtatida politsiyaning maxsus bo‘linmasi olti nafar xizmatchisi jangarilar hujumi natijasida halok bo‘ldi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, politsiya aholi siyrak yashaydigan tumanlardan birida jangari-maochilar guruhi borligidan xabar topgan. Bir necha soatdan so‘ng bu yerga yetib kelgan harbiylar avtomobili minaga duchor bo‘lgan. Shundan so‘ng ekstremistlar ularga qarata avtomatdan o‘t ochishgan. Natijada olti nafar politsiyachi halok bo‘lgan, bir nechtasi jarohatlangan.

Hozir Hindiston maxsus xizmati hujum uyushtirganlarni qidirmoqda.

Maochi-jangarilar Hindistonda naksalitlar deb atalib, Hindistonning Bixar, Chxattisgar, Jarkxand kabi shtatlarida faol harakat qiladi. Ular o‘tgan asrning 60-yillaridan Hindiston markaziy hukumatiga qarshi «dehqonlarni kapitalizm zulmidan ozod etish» uchun kurashadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring