Hayvonot bog‘idagi yirtqichlar katagidan avval poyabzal, so‘ngra jasad topildi
Pokistondagi «Sherbagh Zoo» hayvonot bog‘i xodimlari yo‘lbarslar va qoplonlar yashaydigan joyni tozalayotganlarida hayvonlarning biri oyoq kiyim g‘ajiyotganini ko‘rib qolishdi. Ishchilarni dahshatli xayollar chulg‘adi. Eng qorong‘u shubhalar bilan ular hududni ko‘zdan kechirib, tezda yirtqichlar tomonidan o‘ldirilgan noma’lum odamning jasadini topdilar.
Notanish shaxsning o‘limi yuzasidan tergov boshlangan. Ayni paytda qurbonning shaxsi aniqlanmoqda, hayvonlar bilan bu taxlit uchrashish sabablari qidirilmoqda. Erkak ruhiy salomatlik bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan bo‘lishi mumkin degan taxminlar ham mavjud.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter