Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Havayi gubernatori kuyib bitgan Maui orolini qayta tiklashga va’da berdi

Havayi gubernatori kuyib bitgan Maui orolini qayta tiklashga va’da berdi

AQShning Havayi shtati gubernatori Josh Grin o‘rmon yong‘inlaridan jabr ko‘rgan Maui orolini tiklashga va’da berdi.

Unga ko‘ra, bir kun avval Laxayna shahridan yana uch kishining jasadi topilgan. Shu tariqa Maui orolidagi yong‘in qurbonlari soni 114 nafarga yetdi.

«Afsuski, mamlakatimiz so‘nggi yuz yillikdagi eng halokatli yong‘inda butun boshli shaharni yo‘qotdi», dedi gubernator.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Maui orolini tiklash ishlari aholisining xohish-istaklarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.

Maui orolida 9 avgust kuni boshlangan yong‘in AQShda so‘nggi 100 yildan ortiq vaqt ichida eng halokatlisi bo‘ldi. Kuchli shamol tufayli yong‘in tezda tarixiy Laxayna shahriga o‘tib, natijada  u butunlay yonib ketdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring