Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Filippinda harbiylar adashib bir-birini otib qo‘yishdi

Filippinda harbiylar adashib bir-birini otib qo‘yishdi

Foto:«Sabah.com»

Filippinda operatsiya olib borayotgan politsiya xodimlari va harbiylar adashib bir-birini otib qo‘yishi oqibatida 6 politsiya xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Filippin bosh qo‘mondoni Mariel Magavay Samar shahrining Villareal qishlog‘i yaqinidagi o‘rmonda bir-biridan bexabar operatsiya olib borayotgan harbiylar va politsiya xodimlari bir-biriga o‘q uzishi oqibatida 6 nafar politsiyachi halok bo‘ldi.

To‘qnashuvda 9 nafar politsiyachi yaralangan. Yaralanganlar shifoxonaga yotqizilgan.

Voqea yuzasidan surishtiruv boshlab yuborildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring